

Biz esa odatdagidek batafsil ro'yxatni taqdim qilamiz.
Rossiya chempionati, 23-tur
SSKA bugun "Fakel jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bahsda o'zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev maydonga tushish ehtimoli yuqori. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.
Eron chempionati, 22-tur
Bugun Eron chempionatida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchilar tur uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Oston O'runov jamoasi Persepolis bugun Gol Goharga qarshi maydonga tushsa, Doston Tursunov jamoasi Istiqlol Xuziston Paykan mehmoni bo'ladi. Har ikki bahs ham bizning vaqt bilan soat 20:30 da start oladi.
Italiya A Seriyasi, 31-tur
Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov jamoasi bugun Italiya A Seriyasining 31-turida maydonga tushadi. Raqib - Atalanta. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Qozog'iston chempionati, 4-tur
Bugun Ordabasi ham o'z tur uchrashuvida maydonga tushadi. Chimkentliklarning ushbu turdagi raqibi - Turon bo'ladi. Ushbu bahsda terma jamoamiz a'zoligiga nomzod futbolchilar Shahboz Umarov, Jasur Yaxshiboev Ordabasiga yordam berishga harakat qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
BAA chempionati, 18-tur
Aziz G'aniev jamoasi Shabab Al Ahli bugun chempionatning navbatdagi turini uyda o'tkazadi. Raqib Al Jazira bo'ladi. Uchrashuv soat 23:00 da boshlanadi.



