Shomurodov bilan raqobatda yutqazgan hujumchini "Rostov" ijaraga beradi

16 iyul 2019, 12:12
"Rostov"ning islandiyalik hujumchisi Vidar Kyartansson "Rubin"ga o'tishga yaqin turibdi.

Islandiyalik 29 yoshli hujumchi Vidar Kyartansson o'tgan yili yozda "Makkabi"dan "Rostov"ga o'tgandi. "Rostov" hujumchi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagandi. Biroq oxirgi o'yinlarda Shomurodov bilan bo'lgan raqobatda o'z joyini yo'qotgan Kyartansson jamoadan ketishga qaror qilgan. Hujumchining xizmatlariga qiziqish bildirgan "Rubin" Kyartanssonni ijaraga olmoqchi. Tez orada tomonlar mazkur transferni rasmiylashtirishlari kutilmoqda.

Vidar Kyartansson "Rostov" safida Rossiya premer ligasida jami 8 o'yin o'tkazdi va 1ta golli pasni amalga oshirdi. Shuningdek, hujumchi hisobida Rossiya Kubogida 3 o'yin mavjud va bunda Kyartansson 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia