SHOK. OCHL-2016 G'olibi 2017 yilgi musobaqadan chetlatildi!

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2017, 17:17
Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" klubi 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi.

Klub 2013 yil Janubiy Koreya ligasi o'yinlari uchun hakamlarni sotib olgani tasdiqlangan va 2016 yilgi mavsumda klubdan 9 ochko olib tashlangan edi.

"Chonbuk" 10 kun ichida Sport Arbitraj Sudiga murojaat qilish huquqiga ega.

Aslida "Chonbuk Motors" "H" guruhida "Adelaid Yunayted", "Jiangsu Suning" va pley-off g'olibiga qarshi o'ynashi kerak edi. Endi bu guruhdan "Jeju Yunayted" klubi o'rin oladi. "Jeju Yunayted"ning o'rnida "Ulsan Xyunday" klubi pley-off bosqichida ishtirok etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia