

Bironta klub uni o'z safiga qo'shib olishni istamaganligi sabab futbolchi havaskorlar ligasining "Atlantis" klubi safida harakat qila boshladi. Kuni kecha uning yangi jamoasi "Ilaravto" klubiga qarshi maydonga chiqib, 5:3 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan biriga aynan Shirokov mualliflik qilgan.
"Evrodan keyin havaskorlar ligasida o'ynash qanday bo'lar ekan deyapsizmi? Shuni aytishim mumkin, professional darajada futbol o'ynash bilan butunlay xayrlashdim. Qolaversa, premer - liga jamoalarining bari "zayavka"ni yopib bo'ldilar. Hattoki, keyingi o'yinda yana "Atlantis" jamoasi safida maydonga tushamanmi yoki yo'q aniq ayta olmayman.



