Shirer va Anri APL Shon-sharaf zalidan joy oldi

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021, 19:13
2021 yil 19 aprelda Angliya Premer-ligasi "APL Shon-sharaf zali" nomidagi loyihaga start berilganini e'lon qildi.

Unda ushbu musobaqa tashkil etilgan paytdan (yani? 1992 yildan) boshlab qatnashgan eng taniqli futbolchilar etirof etiladi.

Shon-sharaf zaliga kiritilganlar bundan buyon Premer-liga tomonidan berilgan eng yuqori individual mukofot egasi sanaladilar. 

Da'vogarlar qatorida bo'lish uchun futbolchi 2020 yilning 1 avgustiga qadar faoliyatini tugatgan bo'lishi lozim.

Laureatlarning har biriga APL Shon-sharaf zaliga a'zo bo'lgan yil ko'rsatilgan shaxsiy esdalik nishoni beriladi.

Ushbu faxriy mukofotning dastlabki ikki egasi mukofot tashkilotchilari qo'mitasi tomonidan saylangan – ingliz hujumchisi Alan Shirer va fransiyalik forvard Terri Anri bo'lishdi.

Ma'lumot uchun, "Arsenal"da o'ynagan Anri to'rt marta "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan va APLning 258 o'yinida klub uchun rekord darajadagi 175 ta golni urgan.

"Blekbern" va "Nyukasl" sharafini himoya qilgan Shirer esa 14 mavsumda 260 ta gol urib, APL tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com