Shifokor: Neymarning tiklanishi yaxshi kechmoqda

21 mar 2018, 08:24
Neymarning tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda

Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar Neymarning tiklanish jarayoni qanday kechayotgani haqida gapirib o'tdi. 3 mart sanasida 26 yoshli futbolchining o'ng oyog'ida jarrohlik amaliyotini o'tkazishdi. Avvalroq esa uning 2-3 oyga safdan chiqqani ma'lum bo'lgandi.

“Neymarning tiklanishi yaxshi kechmoqda. U sabr bilan ishlab, imkon qadar ertaroq qaytish uchun professional darajada harakat qilmoqda. Jarrohlik amaliyotidan keyin uning tiklanishiga 6 hafta vaqt belgiladik, shu vaqt davomida tiklanish qay tarzda davom etayotganini baholab borishimiz mumkin bo'ladi”,- deydi Rodrigo Lasmar.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com