Shevchenko yaqin soatlarda iste'foga chiqariladi

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2022, 08:25
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Jenoa” tez orada jamoa bosh murabbiyi Andrey Shevchenkoni iste'foga chiqaradi. Bu ma'lumotni boshqa bir insayder Janluka Di Marcio ham tasdiqladi.

Genuyaliklar 21-turda o'z maydonida “Speciya”ga yutqazib qo'ydi. Umuman jamoa Shevchenko boshqaruvida 10-o'yinda 6-mag'lubiyatni qabul qildi. Uchta bahsda esa durang qayd etilgan. Birgina g'alaba Kubok doirasida “Salernita”ga qarshi o'yinda yuz bergandi.

“Jenoa” chempionat jadvalida 12 ochko bilan autsayderlar qatorida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira