Sherzod Qosimov Xitoy Taypeyi – BAA o'yinini boshqaradi

Tolibjon Qosimov
19 okt 2018, 10:29
Joriy yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari Indoneziyada 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chemionatida ishlash uchun o'zbekistonlik hakamlar Sherzod Qosimov va Andrey Sapenko taklif olganlari haqida xabar berib o'tgan edik.

Ushbu musobaqaning guruh bosqichidan o'rin olgan Xitoy Taypeyi hamda BAA o'rtasida bo'lib o'tadigan o'yinni boshqarish uchun Sherzod Qosimov tayinlandi. Unga qanotda Andrey Sapenko yordam beradi. Ushbu o'yin 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, musobaqada dastlabki 4ta o'rinni egallagan jamoalar kelasi yili Polshada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz