"Sherif" bosh murabbiyi: "Manchester Yunayted" - sayyoramizning eng mashhur klubi"

Narzulla Saydullayev
13 sen 2022, 15:49
"Sherif" bosh murabbiyi Stefan Tomas Yevropa Ligasi 2-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Manchester Yunayted" - dunyodagi eng mashhur klub. Ular o'tgan hafta chempionatda o'yin o'tkazishmadi. Biz o'yinga astoydil tayyorlanib, imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak. Eng asosiysi, himoyadagi o'yinimiz. Bizda baribir imkoniyatlar bo'ladi. Kam bo'ladi, ammo o'sha kichik imkoniyatlardan foydalanish lozim. Ronaldu o'ynaydimi yoki yo'q, bunday raqibga qarshi o'yin biz uchun katta motivaciya. O'tgan yili "Real"ni mag'lub etgandik. Hozir bizda tajribali jamoa bor, - dedi Tomas klub rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, "Sherif" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 15 sentyabr, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-sheriff.com