"Shaxtyor" va "Energetik-BGU" kelishilgan o'yinlarda qatnashgani uchun evrokuboklardan mahrum etildi - Belarus FF Nazorat va intizom qo'mitasi

Sherzod Nurmatov
11 may 2023, 15:41
Belarusda ajib ishlar sodir bo'ldi.

Belarus futbol federatsiyasi Nazorat va intizom qo'mitasi kelishilgan o'yinlar bo'yicha katta yig'ilish o'tkazdi. 

Unga ko'ra, barcha aydborlar quyidagicha jazoga loyiq ko'rildilar: 

"Shaxtyor": 2023 yilgi mavsumda to'plagan 30 ochkosidan ayrildi, 2024 yilgi mavsumda 20 ochkosi yo'q qilinadi.

"Energetik-BGU": 2023 yilgi mavsumda to'plagan 20 ochkosi olib tashlanadi, 2024 yilgi mavsumda 10 ochkosi yo'q qilinadi.

"Belshina":  2023 yilgi mavsumda to'plagan 10 ochkosi olib tashlanadi, 2024 yilgi mavsumda 5 ochkosi yo'q qilinadi. 

"Shaxtyor" oltin medallaridan, "Energetik-BGU" esa kumush medallaridan mahrum qilinadi.

"Shaxtyor" va "Belshina"ga chempionat 30-turida texnik mag'lubiyat yoziladi. 

"Shaxtyor" va "Energetik-BGU" evrokuboklarda qatnashish uchun licenziya olmaydi.

Shuningdek, bir qancha murabbiy va xodimlarga turli jazolar belgilandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia