"Shaxtyor" hujumchisi Luis Adriano Ukraina termasida o'ynamoqchi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2014, 18:09
Doneckning Shaxtyor klubi hujumchisi Luis Adriano (27 yosh) Ukraina fuqaroligini olishga tayyor.
Ha, Ukraina pasportini olish haqida o'ylab ko'rdim. Bu savol hozircha ochiq va Ukrainadagi vaziyatga bog'liq. Agar barchasi tinchlansa men terma jamoada o'ynashga tayyorman, - deydi futbolchi Terrikon nashriga.

Adriano Shaxtyorda 2007 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Bunga qadar braziliyalik Edmar ham mahalliylashtirilgan va Ukraina termasida o'ynagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net