"Shaxter"da 12 yil faoliyat olib borgan Mircha Luchesku klubni tark etdi

Narzulla Saydullayev
22 may 2016, 10:22
Ruminiyalik murabbiy Mircha Luchesku o'z ixtiyoriga ko'ra "Shaxter" klubini tark etdi.

70 yoshli murabbiy Doneck klubida 2004 yil may oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Luchesku 12 yil davomida "Shaxtyor" bilan birga 8 marta Ukraina chempioni bo'ldi, 6 bor Ukraina kubogini qo'lga kiritdi, 7 marta Ukraina Superkubogiga ega chiqdi va 2009 yil UEFA Kubogini (hozirgi Yevropa ligasi) qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: shakhtar.com