Shavkat Mullajonov: "Qiyin vaziyatga tushib undan chiqib keta oldik"

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2015, 20:11
Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda himoyada ajoyib o'ynagan Shavkat Mullajonovning fikrlari bilan qiziqdik.
Xitoy bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin Mullajonovni tanqid qilib yozgan edik. Bugun esa u rosmana o'z o'yinini ko'rsata oldi. Biz undan keyingi o'yinlarda ham shunday o'yin kutamiz.

- Bugun o'tgan ikki o'yindan tubdan farq qilgan bahs bo'ldi. Siz bugun kurashlarga tap tortmay o'ynadingiz...
- Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda 3 ochko juda muhim edi... Borimizni berdik, ortga yo'l ham yo'q edi. Xitoy bilan bahsda ham yaxshi o'ynagan edik, ikkinchi bo'limda huddi boshqa futbolchilar tushgandek bo'ldi. Bugun u xatolarni takrorlamadik va natija ham shunga yarasha bo'ldi.

- Saudiya Arabistoni KXDRni 4:1 hisobida mag'lub etgandi. Bugun raqibning o'yini chiqmadi deya olasizmi? Huddi biz bilan Xitoyga qarshi kechgan o'yin kabi?

- Yo'q, bugun raqib ham yaxshi o'ynadi. Ikki jamoa ham o'z o'yinini ko'rsatdi, faqat biz gol urdik. Arablarga esa gol urish uchun imkon bermadik. Xitoy bilan ikkinchi bo'limda biz umuman o'ynamagandik.

- Penalti haqida nima deya olasiz? Hakamlik haqida nima deya olasiz?
- To'g'risi men o'sha vaziyatda to'pga qaramayotgandim, vaziyatni ko'ra olmadim. To'g'ri hakamlar ko'p xato qilishdi, meni o'zim bilan bir necha vaziyatda shunday bo'ldi. Ular

- Hisob tenglashgach biz yana "uyg'ondik". 70-daqiqada Yana ikkita gol ura oldik. Kecha, murabbiyni har bir o'yinchining alohida gaplashib chiqqani qanchalik foyda berdi.
- Bugun birgina murabbiyning emas xalqimiz bizdan g'alaba qozonishimizni kutib turgandi. Xitoy bilan o'yinda ishonchni oqlay olmadik, o'zimizni qiyin vaziyatga tushirdik. Lekin shunday qiyin vaziyatdan chiqib keta oldik. Hamma-hamma buni anglab etgandi.

- Keyingi o'yinlarda ham shunday harakat qila olamizmi?
- Xudo xohlasa shu tempda davom etamiz.


Nodirxo'ja Yuldashev
Melburn

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia