Shavkat Mullajonov va Mo'ydin Mamazulumov "Olmaliq"da

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2016
Igor Shkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bungacha jamoaga Kenja To'raev, Xurshid Muxtorov va Doston Abdurahmonov kabi yangi futbolchilar kelishgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, tajribali himoyachi Shavkat Mullajonov va hujumchi Mo'ydin Mamazlumov ham "Olmaliq" mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Mullajonov bungacha BAA pro ligasida "Al Shaab" klubi sharafini himoya qildi. Hozircha Shavkat olmaliqliklar safida shug'ullanib turibdi. Ikkinchi davrada u qaysi klubda o'ynashi hozircha noma'lum.

Mo'ydin Mamazulumov esa yarim mavsum "Navbahor"da o'ynadi, hozircha u ham jamoa yig'inida ishtirok etmoqda. Bu haqda "Futbol Ekspress" gazetasi xabar bermoqda.


Saytimizning Telegramdagi rasmiy kanaliga obuna bo'ling: "Championat.asia"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia