"Shapekoense" prezidenti: "Barselona" - bizga moliyaviy yordam bergan yagona klub"

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017, 14:47
"Shapekoense" prezidenti Plinio David des Neves "Barselona"ga moliyaviy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Shapekoense" aviahalokatga uchraganidan so'ng, "Barselona" ularga yordam berdi.

"Barselona" bizga moliyaviy ko'mak bergan yagona klub. Ular tragediya ro'y bergan ilk daqiqadan boshlab do'stimizga aylandi. Ular Joan Gamper Kubogida ishtirok etishimiz uchun barcha harajatlarni o'zlari to'lasa kerak. Bahsdan tushgan foyda klublar o'rtasida taqsimlanadi. "Roma" ham biz bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi, biroz bizda taqvim juda tig'iz" - deydi del Neves.

30 noyabr kuni Braziliyaning "Shapekoense" klubi Kolumbiyaning Medelin shahrida aviahalokatga uchragan edi. Ushbu mudhish voqea tufayli 75 kishi vafot etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports