

"Brayton" Aaron Muyni 28 avgustda "Shanxay SIPG"ga o'tganini e'lon qilgan edi. Ammo, Xitoy klubi buni biroz oldinroq e'lon qildi. Xitoy klubi futbolchini 4 million funtlik tovon pulini to'lagan.
Xitoy chempionatidagi legionerlarga qo'yilgan limit bo'yicha yangi qarorga ko'ra, endi bir klubda bir o'yin uchun 5 nafar (qaysi qitadan ekanligi ahamiyatsiz, darvozabonlar bundan mustasno)gacha chet ellik o'yinchi qaydnomadan o'rin olishi mumkin. Ammo, OCHLda o'ynaydigan Xitoy klublari Osiyoning klublar miqyosidagi bosh musobaqasida barcha qatori 3+1 limiti bo'yicha ishtirok etishadi.
29 yoshli avstraliyalik futbolchi "Brayton"ga qadar "Bolton Uonderers", "Sent-Mirren", "Vestern Sidney Uonderers", "Melburn Siti", "Manchester Siti", "Xadderssffild Taun" klublarida to'p tepgan. 2012 yildan buyon esa Avstraliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
→ Odil Ahmedov "Shanxay SIPG" tark etib, boshqa bir Xitoy klubida faoliyatini davom ettiradi




