"Shanxay SIPG": "Biz Xalkni bozor narxida xarid qilyapmiz"

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2016, 12:43
"Shanxay SIPG" klubi raisi "Zenit" hujumchisi Xalkning transferi borasida izoh berdi.

"Yaqin vaqt ichida Xalk tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar hammasi joyida bo'lsa, u klubimiz bilan shartnoma imzolaydi. Transfer 60 mln. evrodan kamroq va bu bozor narxi. Xalk qaysi poziciyada o'ynashini murabbiylar shtabi hal qiladi. Maqsadimi- mavsumni birinchi uchlikda yakunlash" - deydi "Shanxay SIPG" raisi.

Xalk "Shanxay SIPG" bilan shartnoma imzolash uchun Xitoyga uchib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sina Sports