"Shalke"ga yangi bosh murabbiy tayinlanadi – ushbu mavsumda 5-marta!

Sherzod Nurmatov
3 mar 2021
"Shalke"ning yangi bosh murabbiyi nomi ma'lum bo'ldi. Bu – ilgari "Darmshtadt"ni boshqargan Dimitrios Grammozis.

Mutaxassis klub bilan shartnoma borasida kelishib oldi va uni imzolagandan so'ng darhol ish boshlaydi.

Gretsiyalik ushbu mavsum klubning beshinchi murabbiyi bo'ladi. Yaqinda Kristian Gross bu lavozimdan bo'shatildi. Undan oldin esa Devid Vagner, Manuel Baum va Xub Stevens ishlagandi.

Eslatib o'tamiz, "Shalke" Germaniya Bundesligasining 2020/2021 yilgi mavsumida 23 uchrashuvdan so'ng atigi 9 ochko to'plagan holda jadvalning so'nggi pog'onasida bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bundesliga.com