"Shalke"da ijara asosida o'ynayotgan "Barsa" futbolchisi jarohat oldi

Alisher
18 may 2020, 10:20
"Shalke" himoyachisi Jan-Kler Todibo lazaretga yuborildi.

Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatmoqda.

20 yoshli futbolchi Germaniya Bundesligasi 26-tur doirasidagi Dortmundning "Borussiya" (0:4) jamoasiga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Todiboning jarohat darajasi va qaytish muddati yaqin kunlarda bo'lib o'tadigan tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo'lgan futbolchi joriy mavsum Germaniya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Espana