“Shalke” Bundesliga antirekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
6 noya 2022, 09:00
Germaniya chempionati 13-turida “Shalke” safarda “Verder”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Gelzenkirxenliklarning chempionat doirasida mehmondagi g'alabsiz seriyasi 35 ta o'yinga etdi va ular bu borada musobaqa antirekordini takrorlashdi. Avvalgi eng yomon natija 1976-1981 yillar davomida “Karlsrue” tomonidan qayd etilgandi.

Tomas Rays shogirdlari keyingi safar uchrashuvini 2023 yil, 21 yanvar kuni Frankfurtda “Ayntraxt”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports