

Bundesliga vakili 20 yoshli futbolchi uchun 50 mln. evro talab qilmoqda va kelishuvga turli bonuslarni ham qo'shmoqchi. Inglizlar esa 42 mln. evro taklif qilishmoqda.
"Siti"ning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola birinchi navbatda jamoaning himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi, ammo Saneni ham e'tibordan chetda qoldirayotgani yo'q. Shu sababli Manchester klubi Leroyni qo'lga kiritish uchun bor kuchini ishga solmoqda.



