Shayx Mansur Aguerodan "Manchester Siti"ni tark etmasligini so'radi
8 apr 2014, 19:22
Daily Mail nashrining xabar qilishicha, "Manchester Siti" xo'jayini shayx Mansur jamoa forvardi Serxio Aguerodan shaxsan o'zi klubni tark etmaligini so'radi.
Eslatib o'tamiz, ushbu hujumchiga Madridning "Real" klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo'lyapti. "Shaxarliklar" "Qirollik klubi"ga rad javobini berib ulgurishdi. Biroq Agueroning o'zi ketishni istasa, vaziyat qiyinlashishi mumkin edi.