"Sevilya" "Tottenxem"dan Lukas Mourani sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 okt 2022, 14:31
"Tottenxem" hujumchisi Lukas Moura faoliyatini Ispaniyada davom ettirish ehtimoli mavjud.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli braziliyalik futbolchiga "Sevilya" da'vogarlik qilmoqda. Ispaniya klubi qishki transfer oynasida futbolchini sotib olishga urinadi.

Moura joriy mavsum APLda 2 ta o'yinda maydonga tushib, jami 12 daqiqa o'ynadi. O'tgan mavsumda u 45 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Vamos Mi Sevilla