Seten Messining "Manchester Siti"ga ketishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi

Alisher
4 iyul 2020, 18:50
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten jamoa hujumchisi Leo Messining "Manchester Siti"ga ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar tarqatmoqda.

"Hatto bu haqda gapirishni istamayman. Leo mening oldimga kelmadi va hech narsa demadi, nuqta. Men Leoni har kuni mashg'ulotlarda kuzatmoqdaman, u butunlay o'zini ishga bag'ishlagan va u bilan barchasi joyida. Qolgan barchasi - mish-mishlar. Keling bu haqda gaplashmaymiz", - deydi Seten.

Oldinroq, Messining yangi klub qidirayotgani, Xosep Gvardiola sabab "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi borasida ham gap-so'zlar yangragan edi.

Messi "Barselona"ning asosiy jamoasida 2004 yildan beri to'p tepadi. Argentinalik futbolchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga erishdi va chempionatda to'purarlik qilmoqda.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif