Sesk Fabregas faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyi kim ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
1 may 2025
Ayni damda Italiyaning "Komo" jamoasini boshqarib borayotgan Sesk Fabregas futbolchilik faoliyati davomida unga ustozlik qilgan eng yaxshi murabbiy nomini aytdi.

"Arsen Venger - menga murabbiylik qilganlar ichidagi eng yaxshisi. Ayniqsa hozir men murabbiylik faoliyatimning eng boshlang'ich nuqtasidaman va Venger menga mayoq vazifasini bajarib bermoqda. U har bir o'yindan keyin menga yozadi", - dedi Fabregas "Corriere dello Sport" nashriga.

"Komo" A Seriya turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.

Fabregas 2004-2011 yillar davomida "Arsenal" tarkibida o'ynagan va 303 o'yinda qatnashib, 57 gol va 95  assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport