Serxio Riko "Everton"ga o'tishdan bosh tortdi

Alisher
27 iyul 2021, 07:51
Darvozabon Serxio Riko yozda PSJda qolmaydi.

"Lill" 27 yoshli ispaniyalikka qiziqish bildirmoqda, ammo hali rasmiy taklif berganicha yo'q.

Oldinroq PSJ "Real Sosedad" taklifini rad etgandi, Riko keyinchalik "Everton"dan taklifni ham rad etdi, sababi u kafolatlangan o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi.

Eslatib o'tamiz, parijliklar Rikoni "Sevilya"dan 2020 yilning sentyabrida xarid qilishgan edi. O'yinchi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolangan.

Riko 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato