Serxio Regilon Madridga qaytishga yaqin

Alisher
28 avg 2022, 10:47
"Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga uni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi bo'lgan "Atletiko" da'vogarlik qilmoqda.

Regilon - "Real" tarbiyalanuvchisi, u "Tottenxem"ga 2020 yilning sentyabrida o'tgan.

Regilon o'tgan mavsum "shporlar" safida 31ta o'yinda 2ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira