Serxio Ramosdan "Real"ni tark etgan Lukac Vaskesga samimiy maktub: "Seni sog'inamiz, Piko"

Iskandarov Abdulaziz
18 iyul 2025, 09:56
Meksikaning "Monterrey" klubi himoyachisi Serxio Ramos Madridning "Real" jamoasini tark etgan sobiq jamoadoshi Lukas Vaskesga ijtimoiy tarmoq orqali qalbni titratuvchi maktub yo'lladi.

- Qadrdon Lukas! Asosiy tarkibda o'tkazgan 10 yil…Sen bu erga bolakay bo'lib kelganding, endi esa uylangan, uch farzandli va 23 ta sovrin sohibisan. Ammo eng muhimi, sen "Real"da o'zingdan mehnatsevarlik, intizom, qatiyat, saxiylik, jamoaviy ruh va kiyinish xonasidagi shodlikni qoldiryapsan. Biz seni juda qadrlardik, - deya yozadi Ramos.

- Sen inson va futbolchi sifatida madridliklar uchun namuna bo'lding. Biz sherik edik, aka-ukadek yashadik, bir-birimizga ishondik, va doimo birga kulib, g'alabalarni nishonladik. "Real" uchun qilgan barcha ishing uchun rahmat. Sen bundan faxrlanishing kerak - bu ajoyib tarix. Men butun qalbimdan senga kelajakda omad va baxt tilayman.

- Biz seni yaxshi ko'ramiz va sog'inamiz, Piko. Yaqin orada ko'rishamiz, do'stim, - deya so'zini yakunlaydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Чемпионат