Serxio Ramos: "Zidanning kelajagi haqida men qaror qabul qilmayman"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2018, 12:07
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Leganes"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak final javob o'yinidan so'ng, jamoa Zinedin Zidanni qo'llab-quvvatlashi kerakligi haqida aytdi.

"Qaymoqranglilar" o'z maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi va turnirdan chiqib ketishdi, OAV vakillari esa Ramosdan fransiyalik mutaxassis kelajagi haqida so'rashdi.

"Zidan kelajagi haqida qarorni men qabul qilmayman. Murabbiy o'zgarishi doimo yoqimsiz holat. Bunday vaziyatlarni boshdan kechirganman. Hamma sovrinni yutganimizda, Zidanni qo'llab-quvvatladik va hozirgidek og'ir damlarda ham u bilan birga bo'lishimiz lozim" - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca