Serxio Ramos: "Totti - "tug'ma qotil"

Aslanov Jasurbek
29 may 2017, 12:43
"Real" himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini yakunlagan "Roma"ning 40 yoshli hujumchisi Franchesko Tottini barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb atadi.

"Totti muammosiz boshqa buyuk klubga o'tib, u yerda o'ynab ketishi mumkin edi. U "tug'ma qotil". Buyuk futbolchilar doimo boshqa jamoaga kirishib keta olishadi.

Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilarini aniqlayotganda Totti ularning safiga kiradi. Uni buyuk futbolchi sifatida eslab qolishadi" - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal