Serxio Ramos La Ligada 26 yil davomida hech bir himoyachi qayd eta olmagan natijaga erishdi

20 iyul 2020, 09:50
“Real” La Liga 38-turi doirasida “Leganes” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Madrid klubining o'yindagi gollaridan biri Serxio Ramos hisobida yozildi. Bu Ramos uchun La Liga joriy mavsumidagi 11-gol bo'ldi.

34 yoshli Ramos La Liga 1993/94 yilgi mavsumida beri 10+ gol urgan ilk himoyachi bo'ldi. So'nggi bor o'shanda Ronald Kuman himoyachi bo'lishiga qaramay “Barselona” safida mavsum davomida 11 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live