Serxio Ramos "Borussiya" urgan birinchi golda Keylor Navasni aybladi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2016, 10:47
"Real" himoyachisi Serxio Ramosning fikricha, Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahsda raqibning birinchi goliga darvozabon Keylor Navas aybdor.

Bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Navas gol o'tkazib yuborganida "Qirollik klubi" 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgandi. Ramosning fikricha, jarima zarbasidan so'ng posbon to'pni ushlab olishi kerak edi. Navas to'pni qaytardi, Rafael Varan esa to'pni darvoza tomonga urib yubordi, so'nggi lahzada esa Obameyyang darvozaga kirib ketayotgan to'pga zarba berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca