Serxio Ramos: Bizni o'ta qizg'in va keskin final bahsi kutib turibdi

21 may 2018, 00:45
“Real” sardori YCHL final bahsida “Liverpul”ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz PSJ, “Yuventus”, “Bavariya”ni engdik. Finalga chiqish uchun eng og'ir ssenariyli yo'lni bosib o'tdik. Finalga chiqish esa biz uchun mukofot bo'ldi. Bularni barchasini hisobga olish kerak, ushbu musobaqada favorit hisoblangan klublarni chiqarib yubordik, axir. O'ylashimcha, umuman olganda shu narsa bizni ruhiy jihatdan yanada kuchli qildi. Bizni o'ta qizg'in final bahsi kutib turibdi”, - dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com