Serxio Aguero so'nggi 7 ta o'yinda 10 ta gol urdi

21 fev 2019, 08:30
“Siti” hujumchisi kecha YCHLning 1/8 finalida “Shalke” darvozasini ham ishg'ol qildi.

Bu argentinalik hujumchi uchun YCHLdagi 34-gol bo'ldi. Natijada u Yevropadan bo'lmagan YCHLning to'purarlari orasida Edinson Kavani bilan tenglashdi. Oldinda faqat Leo Messi (106) va Dide Drogba bor.

Shuningdek, Aguero barcha musobaqalarni hisobga olganda so'nggi 7 ta o'yinda 10 ta gol urdi. Serxio bundan tashqari ingliz klubi uchun 7 ta safar o'yinida gol urgan ilk o'yinchi ham bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live