Server Jeparovda 89 daqiqa, "Ulsan"da durang

Narzulla Saydullayev
22 mar 2015, 11:18
Janubiy Koreyaning "K" ligasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Bu turda Server Jeparov to'p tepayotgan "Ulsan" o'z maydonida "Chunnam Dragons"ga qarshi o'ynab 0:0 hisobida durang o'ynadi. Jeparov 89 daqiqa o'ynadi.

Jamoa 7 ochko bilan musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. "Ulsan" keyingi o'yinni 5 aprel kuni o'z maydonida "Gvangju"ga qarshi o'tkazadi.


Janubiy Koreya. "K" liga.
"Ulsan" - "Chunnam Dragons" 0:0

Chetlatish: Kim Sung Xvan 65 ("Ulsan")

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia