Server Jeparov: “Al Ayn” yaxshi jamoa, ularga past baho berib bo'lmaydi”

Narzulla Saydullayev
13 sen 2016, 11:53
Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugun OCHLning chorak final javob uchrashuvida BAAning “Al Ayn” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Kecha “temiryo'lchilar” “Bunyodkor” stadionida rasmiy o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi. Ushbu mashg'ulotdan so'ng “Lokomotiv” klubi futbolchisi Server Jeparov bugungi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. “Al Ayn”ga qarshi o'yindan faqat g'alaba kutyapmiz. “Al Ayn” yaxshi jamoa, ularga baho berib bo'lmaydi. Biz ham o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

Biz ularni o'yiniga emas o'zimizni o'yinimizni qarashimiz kerak. Ular safida kuchli futbolchilar ko'p. Misol uchun, Umar Abdulrahmon, Duglas va yana bir qancha futbolchilar. Ularga qarshi vosita topishimiz kerak, qolgani bizni ssenariyimiz bo'yicha ketadi”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Server Jeparov.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia