Sergey Lushan: "So'g'diyona"ga yangi qon kerak, iste'foga chiqdim"

Narzulla Saydullayev
13 apr 2019, 18:46
"Dinamo" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushan iste'foga chiqqanini ma'lum qildi.

"Dinamo"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun raqib o'ynadi. Biz tomondan hech qanday o'yin bo'lgani yo'q. Hayot davom etadi. Rasman iste'fo berdim. Hozir jamoaga yangi qon kerak. Jamoada yaxshi futbolchilar jamlangan, ammo nimadir o'xshamadi. Futbolchilarga rahmat aytaman va rasman iste'foga chiqdim", - deydi Sergey Lushan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia