Sergey Lushan: “Endi o'tish turniridagi raqibimizni kutamiz"

Narzulla Saydullayev
25 noya 2018, 17:56
Superliga 31-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Sergey Lushan va Elyor Orifov ishtirok etishdi.

Sergey Lushan: Bugungi bahsda bizga g'alaba zarur edi. O'yinni himoyadan olib bordik. Bugun qarshi hujumda o'ynadik. Bir qator vaziyatlarga ega bo'ldik. Endi pley-offga tayyorgarlik ko'ramiz. O'tish turniridagi raqibimizni kutamiz.

Sanjar Rashidov akasidan kam bo'lmagan iqtidorga ega. O'ylaymanki mehnat qilishda davom etsa, O'zbekistondan yana bir futbol yulduzi chiqadi.

Elyor Orifov: - Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Qarshi hujumda samara keltirishga harakat qildik. Himoyaga ko'proq etibor qaratdik.  Hujumga o'tishda ozgina oqsadik. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz