Sergey Lushan Belarus klubi bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
27 dek 2022, 11:48
Belarus Birinchi ligasi vakili Petrikovning "Shaxtyor" klubi Sergey Lushanni murabbiy etib tayinladi.

Football.by xabariga ko'ra, Lushan "Shaxtyor" Soligorsk farm-klubi Petrikovning "Shaxtyor" jamoasini boshqaradi. 49 yoshli mutaxassis kuzdan beri "Shaxtyor" Soligorskning U-18 jamoasiga ustozlik qilib kelayotgandi.

Lushan bosh murabbiy lavozimida Stanislav Suvorovni almashtiradi. 

Ma'lumot o'rnida, Lushan shu paytgacha O'zbekiston U-19 termasi, "Bunyodkor", "So'g'diyona" va "Dinamo"ga ustozlik qilgan. 2021 yilning bahorida "Shaxtyor" Soligorsk bolalar va o'smirlar sport maktabida ish boshlagandi. Yaqin vaqtgacha esa jamoa boshlig'i Mixail Smirnovning o'rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football.by