Sergey Simonenko “Bunyodkor” ko'rigida

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2014
“Bunyodkor”ning Dubaydagi mashg'ulotlarida ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko ishtirok etmoqda.
Sergey Simonenko 1981 yilning 12 iyun sanasida Ukrainada tavallud topgan. Markaziy himoyachi o'tgan mavsumni Ukraina premer-ligasining “Sevastopol” klubida o'tkazgan. Faoliyati mobaynida “Torpeda” (Moskva), “Alaniya” (Vladikavkaz), “Chernomorec” (Odessa), “Arsenal” (Kiev) kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Ukraina milliy terma jamoasi tarkibida 2ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Uning hatti-harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa Simonenko “Bunyodkor”da qolishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com