"Paxtakor" klubining yosh yarim himoyachisi Sergey Rekun "Andijon" klubi yig'iniga borib qo'shildi.
Bu futbolchi o'tgan yilgi mavsumning birinchi davrasini "sherlar" safida, ikkinchi davrani "Guliston"da o'tkazdi. 2013 yil oliy ligada jami 13ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.