Sergey Lushan: "Jamoamni taniy olmayapman"

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Sergey Lushan qatnashdi.
"0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng qanday taassurotlar bo'lishi mumkin? Yutqazdik. Birinchi bo'limda biz o'yinni butkul boy berdik. Gol o'tkazgach jamoam o'ynamay qo'ymoqda. Jamoaga nima bo'layotganini tushuna olmayapman", - deydi Sergey Lushan. 

- Shomurodovning qizil kartochkasiga munosabatingiz qanday? 
- Qoida bor, futbolchi ikki marta sariq kartochka olsa chetlatiladi. Yoshlarda istak bor, ammo aql kamroq. 

- Jamoa OCHLda, oliy ligada gol ura olmayapti...
- Agar bunga nima sabab bo'layotganini bilganimda edi...Ikki uch o'yinda jamoamni tanimayapman. Terma jamoaga ketgan futbolchilar klubga qaytgach o'yini chiqmayapti. 

- Vohid Shodiev bugun maydonga tushmadi...
- O'tgan o'yinda qizil kartochka olgandi. Shu bois tushmadi. 

- "Bunyodkor" muxlislari o'yin davomida turli hayqiriqlarni baqirishdi...
- Bunga oddiy munosabatdaman. Muxlislar hayqirishlari uchun ham kerak. Ammo jamoada ishlayotganimdan to'la qoniqayapman. 

- Yangi Zelandiyadagi mundialga yana bir qator futbolchilar kyetishadi. Muammoni qanday bartaraf etmoqchisiz? 
- To'g'ri ular Jahon chempionatiga jo'nab kyetishadi. Ular kyetishsa yoshlar jamoamiz a'zolari bilan o'ynaymiz, hayot davom etadi. 

- Jamoada moliyaviy muammo yo'qmi? 
- Yo'q hech qanday muammo yo'q. Agar bo'lganida futbolchilar bu haqda menga aytgan bo'lishardi.  

Narzulla Saydullaev

Manba: championat.asia