
- Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Ular yomon o'ynashgani yo'q. Lekin qayd etilgan natijadan qoniqmadim. Bu kabi bellashuvlarda o'yin taqdirini birgina gol hal qilishi mumkin. Chunki bir jamoa himoyaviy taktikada o'ynasa, ikkinchi jamoa hujum qilaversa ham baribir gollar kam bo'ladi. Odatda futbol o'yini taqdirini bahsdagi vaziyatlar hal qiladi. Lekin biz yarata olgan imkoniyatlarimizni golga aylantira olmadik. O'ylashimcha, uchrashuv anchayin qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar o'yindan zavq olishdi, - deydi Sergey Lushan.