Serbiya. "Yavor"da durang, Husniddin G'ofurovdan gol

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2016
Serbiya Superligasida 2-tur o'yinlari boshlandi.

Hamyurtimiz Husniddin G'ofurov to'p tepayotgan "Yavor" klubi o'z uyida "Novi Pazar"ni qabul qildi.

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. "Yavor" safida yagona golni Husniddin G'ofurov urdi. "Yavor" dastlabki ikki turda 2 ochko to'pladi. Klub navbatdagi bahsni 6 avgust kuni safarda "Bachka Balanka" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Yavor" - "Novi Pazar" 1:1
Gollar:
Husniddin G'ofurov 68 - Tintor 76


Serbiya Superligasi. Musobaqa jadvali


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia