"Seni qo'llab-quvvatlayman" - Puyol Messining ketayotganini tasdiqladi...mi?

Mirjalol Normatov
25 avg 2020, 23:52
Bugungi tunimiz Leo Messining xabarlari bilan o'tadi. Chunki barchasi aynan bugun hal bo'lishi mumkin.

"Barselona" sobiq futbolchisi Karles Puyol tvittyerda mana shunday so'zlarni yozdi:

"Seni qattiq hurmat qilaman va o'yinlaringdan zavq olaman. Do'stim, seni doim qo'llab-quvvatlayman".

Ronald Kumanning rejalariga kirmasligi aytilgan Luis Suares esa ushbu tvitga javob tariqasida ikkita qarsak smayligini joyladi.

Leo Messining navbatdagi jamoasi "Inter" bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/CarlesPuyol