Semak Rossiya Kubogi o'tkazilish formatini tanqid qildi

Omonjon To`xtamirzayev
1 noya 2023, 12:21
"Zenit" klubi bosh murabbiyi Sergey Semak Rossiya Kubogi formati haqida gapirdi.

"Shaxsan menda savol paydo bo'lyapti: keyingi bosqichni qanaqasiga bunday oraliqda bo'lib tashlash mumkinligini tushunolmayapman. Siz 1/4 finalning birinchi uchrashuvini dekabrda o'ynaysiz, lekin javob bahsini uch oydan keyingina o'tkazasiz. To'g'rsini, buni hech qanaqasiga tushuna olmadim. Ikkinchisi - taqvim bo'yicha, Chempionlar Ligasi uchrashuvlari o'tadigan kun emas, boshqa haftalarda o'ynash ham mumkinku. Va nima sababdan har uchinchi kun o'yin o'tkazishimiz kerak. Futbolchilarni kim o'ylaydi? Mamlakatimizdagi masofalar ancha uzoq: ikkita o'yin (ayniqsa ketma-ket ikkita safar bo'lsa) - bu ancha qiyin. Bu vaziyatlarni yumshatish uchun imkoniyat, joy borku. Balki bularga izoh bordir, lekin men bilmayman. Umuman olganda biz evrokuboklarsiz ham o'sha rejimda o'ynashda davom etyapmiz.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fc-zenit.ru