“Selta”ning yangi murabbiyi ilk uchrashuvini sobiq klubiga qarshi o'tkazadi

5 noya 2019, 00:40
La Liga vakili “Selta” klubida yangi murabbiy ish boshladi.

Kataloniyalik mutaxassis Oskar Garsiya vigoliklar bosh murabbiyi etib tayinlandi. U murabbiylik faoliyatini “Barselona” tizimida boshlagan. Qiziqarli tomoni “Selta” ustozi yangi jamoasida ilk uchrashuvni o'zining sobiq jamoasi “Barselona”ga qarshi boshlaydi.

Oskar Garsiya so'nggi ikki mavsumni “Sent-Eten” va “Olimpiakos”da o'tkazdi. Murabbiyning “Selta” bilan shartnomasi mavsum oxiriga qadar tuzildi.

Ilgariroq “Selta” rahbariyati Fran Eskribani iste'foga chiqargandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Сельта" клуби расмий сайти