Selta Barselonaning Nolito borasidagi oxirgi taklifini ham rad qildi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2016, 08:00
Selta hujumchisi Nolito qishda Barselonaga o'tmaydi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

Kataloniya klubi 29 yoshli futbolchini ijaraga olib keyinroq sotib olmoqchi, biroq Selta Barselonaning bu taklifini rad qildi.

Nolitoning transfer narxi 18 million evroni tashkil etadi. Futbolchi bu mavsumda 15ta o'yinda 8ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport.es