"Selta" "Barselona" futbolchisini xarid qilishga qiziqmoqda

Alisher
6 iyul 2022, 12:58
"Barselona" darvozaboni Norbertu Murara Netuga "Selta" qiziqmoqda.

Kataloniya klubi "Selta"dan 32 yoshli o'yinchining transferi borasida taklif oldi. "Barsa" yaqinda braziliyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini o'rgangan edi.

Netu "Barselona"ga 2019 yilda "Valensiya"dan kelgan. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Netu o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es