Saudiyaga nima uchun Kovalenkoning bir o'zi bordi?

Narzulla Saydullayev
28 fev 2014, 14:46
26 fevral kuni Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi o'z maydonida BAAning “Al Ahli” jamoasini qabul qildi.
OCHL guruh bosqichi doirasida o'tkazilgan mazkur bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.

Ushbu uchrashuvni hamyurtimiz Valentin Kovalenko boshqarib bordi. E'tiborlisi, unga qanotlarda bahraynlik referilar yordam berishdi: Navaf Musa bilan Muhammad Salman.

Valentin Kovalenko o'yinni yaxshi boshqardi. Natijada OFKning unga bo'lgan e'tibori tobora ortib bormoqda. Bu esa bizni xursand qilmay qo'ymaydi. Lekin nima uchundir Saudiyaga Kovalenko o'z brigadasi bilan emas, balki bir o'zi uchdi. Ma'lumki, uning sheriklari Rafael Ilyasov va Mamur Saidqosimovdan iborat.

Biz Kovalenkoning nima uchun brigada bo'lib emas, balki bir o'zi o'yinni boshqarish uchun ketganini bilish maqsadida O'FF Hakamlar va nazoratchilar bo'limi boshlig'i Noil Lutfullinga murojaat qildik va quyidagicha javobni oldik:

“Aslida bu o'yinni boshqa hakam boshqarishi lozim edi, lekin unga nimadir bo'lgan chog'i OFK bizga xat bilan murojaat qilib, Kovalenkoni shu o'yinni boshqarishga yuborishimiz kerakligini bildirdi. Keyin esa Valentinning bir o'zini jo'natdik. Buning xavotir oladigan joyi yo'q, Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi turlarida Kovalenko o'z brigadasi bilan hakamlik qiladi”.

Xayrulla Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia